“Belarusda yangi Ukraina barpo etishdan hech kim manfaatdor emas”
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy raisi Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi va Rossiya Belarusda bir-biriga qarshi chiqmasligini ta’kidladi.
“Belarusda yangi Ukraina barpo etishdan hech kim manfaatdor emas. Ushbu kelishmovchilikda Yevropa va Rossiya bir-biriga qarshi chiqmaydi. Faqatgina Belarus xalqi o‘zining rahbariyatiga qarshi chiqmoqda”, deb yozdi Borrel “Le Journal du Dimanche” nashrida chop etilgan maqolasida.
Belarusning yangilangan konstitutsiya loyihasi jamoat muhokamasiga qo‘yiladi, referendum o‘tkaziladi. Bu haqda 31 avgust kuni mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
“O‘z fikr-mulohazalarini, nimani xohlash nima xohlamasligini, o‘ylab ko‘rishsin. O‘zgarishlar tarafdori bo‘lgan alohida shijoatlilarga aytmoqchiman: ular tushunishi kerak, konstitutsiyaga oid referendumda har bir odamda u yoki bu masala bo‘yicha faqatgina bitta ovoz bo‘ladi”, dedi Lukashenko Oliy sud raisi Valentin Sukalo bilan suhbatda.
Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya yetti nafar Yevropa mamlakatlari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda uning matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, Tixanovskaya barcha uchrashuvlarda faqatgina “xalq talabi” haqida, ya’ni “Lukashenkoning ketishi” va “siyosiy mahbus va hibsga olinganlarning ozod etilishi” haqida gapirgan. Bundan tashqari, Tixanovskaya mamlakatning 1994 yilda qabul qilingan konstitutsiyasi tiklanishiga chaqirgan.