Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni tashlaganlik uchun jarimalar oshirildi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-653-son, 03.12.2020 yil) Prezident tomonidan imzolandi.

Jumladan, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kkanlik uchun endilikda ma’muriy javobgarlik:

➖ fuqarolarga – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha (223 ming so‘mdan 669 ming so‘mgacha);

➖ mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (2 million 230 ming so‘mdan 4 million 460 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (ilgari bu miqdor fuqarolarga 111 500 so‘mdan 669 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 669 ming so‘mdan 1 million 115 ming so‘mgacha edi).