Benuqsonligi bilan hayratda qoldiradigan sirli qadimiy texnologiyalar

Bugungi kunda materiallarga qayta ishlov beradigan ko‘plab vositalar va usullar ixtiro qilingan, bir qator yangi qurilish yechimlari ishlab chiqilib, ularni qo‘llashning turli yo‘llari mavjud. Biroq Yerda juda ko‘p sirli inshootlar va artefaktlar borki, kishi ularga qarab o‘z-o‘ziga “Bu qanday qilingan ekan”, degan savol berishi tabiiy.

Olyantaytambo - qurilishi tugatilmagan Quyosh qasri

Perudagi bir-biriga mahkam o‘rnashgan katta bo‘lakli bu toshlarning aniq shakllangan burchaklari sanoqsiz ekspertlarning boshi berk ko‘chaga kirib qolishi sababchisi bo‘ldi. Inshoot qurilishi bo‘yicha turli xil nazariyalar ilgari surilib, insoniyat ushbu arxeologik obidada kuzatiladigan aniqlik darajasiga erishganlik sirini tushunishga harakat qilmoqda.

Ko‘pgina mualliflar ushbu megalitik majmua quruvchilari bu qadar mukammallikka erishish uchun kvars kristallari, uglerod yoki kobalt bilan boyitilgan po‘lat darajasi yuqori bo‘lgan vositalardan foydalangan bo‘lishlari kerak, degan fikrga qo‘shiladilar. Bugungi kungacha u yerda birorta ham asbob topilmagan.

Chennakeshava ibodatxonasi ustunlari
Hindistonning Belur shahridagi nafis o‘yilgan ibodatxona ustunlari shu qadar aniq shakllar va mayda tafsilotlarga egaki, olimlar hali ham ular qaysi dastgohda “charxlangan”ligi haqida bahslashib kelmoqda.

Qutb Minor oldidagi temir ustun
Hindistonning Dehli shahridagi balandligi 7 metr, og‘irligi taxminan 6 tonna bo‘lgan qadimiy yodgorlik esa bitta butun temir bo‘lagidan quyilgan va u hech qachon zanglamaydi.

Yoshi 2,5 ming yil bo‘lgan ko‘z linzalari
Dunyo bo‘ylab ko‘plab shunga o‘xshash linzalar topilgan. Masalan, Qohira muzeyida miloddan avvalgi III asrga oid dumaloq linza nusxasi saqlanadi. Ob’yektni 1,5 barobar kattalashtirib ko‘rsatadigan diametri besh millimetrlik linza mukammal holatda saqlanib qolingan. U ko‘z soqqasining o‘lchamiga ega va parametrlari bo‘yicha hatto ba’zi zamonaviy standart linzalarga mos keladi. Bunday anjomni ishlab chiqarish eng yuqori aniqlikdagi ish va ilg‘or texnologiyalarni talab qiladi.

Miloddan avvalgi 2500 yillarda Misrda linzalar ishlov berilishiga katta mahorat bilan bajarishga erishilgan. So‘ng negadir bunday ajoyib texnologiyadan foydalanish to‘xtatilgan va keyinchalik butunlay unutib yuborilgan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.