Berlinlik shifokorlar Navalniy zaharlanganini ma’lum qildi

Berlin klinikasi shifokorlari Aleksey Navalniy organizmida intoksikatsiya qayd etdilar. Bu haqda “Sharite” klinikasi saytida e’lon berildi.

Ma’lum qilinishicha, aynan qaysi zaharli modda salomatlikni yomonlashishiga olib kelgani hozircha aniqlanmagan – ayni vaqtda keng ko‘lamli tahlillar o‘tkazilmoqda.

22 avgust kuni rossiyalik muholifatchi Berlin klinikasiga olib kelindi. Germaniya politsiyasi tomonidan klinika yonida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgani haqida ma’lum qilindi. Shifokorlar bemor salomatligini “barqaror og‘ir ahvolda”, deb baholamoqda.

Germaniya kansleri Angela Merkel, nemis shifokorlari tomonidan qo‘yilgan tashxisga izoh berib, Rossiya Federatsiyasi hukumatini, bo‘lib o‘tgan voqeani to‘la-to‘kis o‘rganib, voqeaga aloqador bo‘lganlarni jazolashga chaqirdi.