Bir kechada Afg‘onistonning ikki viloyatiga qurolli hujum uyushtirildi
- 13.06.2020 22:30
- 84
- Xorij
“Tolibon”chi (O‘zbekistonda taqiqlangan) jangarilari Afg‘onistonning Gor viloyati xavfsizlik xizmati postlaridan biriga hujum uyushtirdi. Oqibatda 7 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Viloyat politsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hujum juma kuni kechqurun Pasaband qishlog‘ida uyushtirilgan.
Bundan tashqari, taxminan shu vaqtning o‘zida noma’lum shaxslar tomonidan Afg‘onistonning Xost viloyatiga ham qurolli hujum uyushtirilgan. Hujum oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘lganligi haqida aytilmoqda. Biroq uyushtirilgan mazkur hujum uchun javobgarlikni hech bir ektermistik tashkilot o‘z bo‘yniga olmadi.
Afg‘oniston milliy xavfsizlik kengashi rahbari Javid Feysalning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta davomida “Tolibon” harakati tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida mamlakatda jami 89 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.