Bir kechada Afg‘onistonning Qandahor aeroportiga uchta raketa uchirildi

Aeroportdagi barcha reyslar to‘xtatildi, deya xabar bermoqda France-Presse agentligi aeroport boshlig‘i Masud Pashtun ma’lumotiga tayanib.

Ungacha «Tolibon» jangarilari Afg‘onistonning Hirot shahridagi BMTga tegishli binolarga yana hujum uyushtirgan edi.

Afg‘oniston qishloqlarida katta hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan «Tolibon» guruhi va hukumat kuchlari o‘rtasida qarama-qarshilik avj olmoqda.

AQSh ma’muriyatining qo‘shinlarni 11 sentyabrgacha Afg‘onistondan olib chiqishni tugatish haqidagi va’dalari fonida Afg‘onistondagi beqarorlik kuchaymoqda. 2020 yilda Vashington va «Tolibon» rasmiylari Dohada 18 yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik bitimini imzoladi. Unda 14 oy ichida xorijiy qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqish va mahbuslar almashilgandan keyin afg‘onlararo muloqotni boshlash ko‘zda tutilgan edi.