Bloger post ostidagi sharhlarni o‘chirishga majburmi?

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq (ushbu talablar blogerga ham taaluqli) veb-sayt va (yoki) veb-sayt sahifasidan quyidagi maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi shart:

- mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, hududiy yaxlitlikni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish;

- urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;

- davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;

- milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;

- giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;

- pornografiyani targ‘ib qilish;

- qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish.

Demak, postlar tagidagi sharhlarda yuqorida qayd etib o‘tilgan axborotlar mavjud bo‘lgan fikrlar, chaqiriqlar bo‘lsa, qonun talabiga ko‘ra blogerlar u sharhlarni o‘chirishi lozim bo‘ladi. Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.