BMT Bosh kotibi AQShda sodir bo‘layotgan tartibsizliklar yuzasidan izoh berdi
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh AQSh ko‘chalarida yuz berayotgan zo‘ravonliklardan qayg‘uda ekanligini ma’lum qildi.
“Nyu-York va BMT shtablari joylashgan mamlakatning boshqa shaharlaridagi zo‘ravonliklarni ko‘rish men uchun juda og‘ir. Noroziliklar eshitilishi kerak. Biroq noroziliklar tinch yo‘l bilan bildirilishi zarur. Hukumat esa namoyishlarga nisbatan og‘irroq bo‘lishi kerak”, deya yozdi BMT Bosh kotibi o‘zining Tvitter sahifasida.
Afroamerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan hibsga olinayotgan vaqtda vafot etgani tufayli bir necha kundan beri AQSh shaharlarida ommaviy tartibsizliklar davom etmoqda.
RIA Novosti nashri taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, irqchilik va millatchilikka qarshi namoyishlar AQSh hududidan tashqariga chiqib ulgurgan. Xususan, 2 iyun kuni Avstraliyaning Sidney shahrida va Lenta.ru nashri bergan xabarda keltirilishicha, 3 iyun kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgan.