BMT Bosh kotibi COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashishda mamlakatlarni kelishmovchiliklarga barham berishga chaqirdi
- 09.05.2020 17:24
- 73
- Xorij
BMT Bosh kotibi Antoniu Gutteresh barcha mamlakatlarni kelishmovchiliklarga barham berib, koronavirus bilan kurashish uchun birlashishga chaqirdi.
U so‘nggi 75 yil davomida uchinchi jahon urushi bo‘lmagan bo‘lsa-da, dunyoning turli burchaklarida qurolli to‘qnashuvlar davom etayotganini ta’kidladi.
“Men ilgarigidek barcha mamlakatlarni qurolli to‘qnashuvlarga barham berishga chaqiraman. Biz umumiy dushmanimiz - COVID-19ga e’tiborimizni qaratishimiz zarur”, dedi BMT Bosh kotibi RIA Novostiga bergan intervyuda.
Shuningdek, Bosh kotib koronavirus bilan bog‘liq bo‘lib turgan vaziyat juda jiddiy ekani va bu masala jiddiy yondashuv talab etishini ta’kidladi.
Pandemiya bilan kurashish uchun eng muhim omil - bu birlashuv, hukumat rahbarlari va odamlarning birlashuvi ekanligini alohida qayd etdi Gutteresh.