BMT Chubaysning yangi lavozimga tayinlanganiga izoh berdi

4 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Anatoliy Chubaysni prezidentning xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maxsus vakili etib tayinladi. Bungacha Chubaysning «Rosnano» rahbari lavozimidan ketganligi haqida ma’lumot berilgan edi. U kompaniyani 2011 yildan beri boshqarib keldi.

BMT, o‘z o‘rnida Anatoliy Chubaysning yangi lavozimiga - prezidentning xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlanishiga izoh berdi. BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning TASSga ma’lum qilishicha, tashkilot u bilan hamkorlikka tayyor.

«Biz Prezident V.Putinning xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maxsus vakili sifatida Anatoliy Chubays hamkorligida o‘zaro aloqalarni mustahkamlanishini kutamiz, - dedi Dyujarrik. - Rossiya Federatsiyasi - faoliyatimizning barcha sohalarida, shu jumladan barqaror rivojlanishga erishishda BMTning asosiy sherigidir».

Ta’kidlash lozimki, Chubaysning ushbu lavozimga tayinlanganiga qadar Kremlda uning siyosiy kelajagi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Lekin noyabrda uning Arktikani rivojlantirish bilan shug‘ullanishi ehtimoli haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.