BMT ekspertlarining iqlim bo‘yicha ma’ruzasi dunyoni larzaga soldi
Iqlim bo‘yicha BMT ekspertlari XXI asr oxiriga borib sayyoramizda isish 5,7 daraja ko‘tarilishini bashorat qildilar. 66 mamlakatdan 234 ekspert tomonidan tayyorlangan 3949 sahifadan iborat hujjatning qisqacha mohiyati shunday.
Asosiy xulosa: Yerda o‘rtacha havo harorati 125 ming yil ichida yuqori cho‘qqisiga yetdi va ko‘tarilishda davom etmoqda. Parij bitimiga ko‘ra, havoga karbonat angidrid gazini chiqarishni keskin kamaytirishga erishilgan holda ham bu iqlim bo‘yicha ijobiy natijani kafolatlay olmaydi. Maqsad esa XXI asr oxirigacha Yerda isishni sanoat rivojlanishiga qadar bo‘lgan ko‘rsatkichlarga taqqoslaganda 2 gradus atrofida ushlab turish.
Harorat ko‘tarilishi atmosferada ko‘proq energiya paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa tropik siklonlarni kuchaytiradi. Oqibatda qayerdadir jala kuchayib, suv toshqinini keltirib chiqaradi, qayerdadir jazirama, qurg‘oqchilik hukmronlik qiladi. Eng kamtar prognozlarga qaraganda, XXI asr o‘rtalarida bir yozgi davrda Shimoliy muz okeanida muz yuzasi to‘liq yo‘qoladi.
Agar Shimoliy yarim sharda suv toshqini kuchaysa, Yevropa janubi va Xitoyda qurg‘oqchilik, Sibirda, Gretsiya, AQSh g‘arbi va Kanadada o‘rmon yong‘inlari tahdid soladi. Dengiz sathi kamida 2-3 metr ko‘tariladi. Isish kuchayishi oqibatida 2300 yilga borib 15 metrga ko‘tariladi. Dunyo okeani suv aylanishi oqimi o‘zgaradi. Bu esa masalan, Golfetrimni zaiflashtiradi – Yevropada iqlim keskin yomonlashadi.
Xo‘sh, iqlim o‘zgarishi falokatining oldini olish uchun nima qilish kerak? BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ushbu savolga shunday javob beradi:
«Ushbu hisobot ko‘mir va boshqa qazilma yoqilg‘ilar sayyoramizni yo‘q qilmasidan oldin ularning motam qo‘ng‘irog‘i bo‘lib yangrashi kerak».
Hukumatlararo ekspertlarning iqlim o‘zgarishi ekspertlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha guruhi BMT qoshida 1988 yildan buyon faoliyat yuritadi. Shu davr ichida guruh 5 ta doklad tayyorlab e’lon qildi. Bu esa oltinchi dokladdir. Ekspertlar keyingi o‘n yilda e’lon qilingan 14 mingta ilmiy ishlar xulosasiga tayangan. Xulosa esa insoniyat uchun o‘ta tahdidli ("AiF" 34-son, 2021 yil).
T.ShOMURODOV tayyorladi.