BMT koronavirus sababli dunyo bo‘ylab ocharchilik holatlari ko‘payayotganidan xavotirlanmoqda
- 17.11.2020 19:50
- 43
- COVID-19
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish dunyo bo‘ylab ocharchilik holatlari ko‘payayotganidan va 2021 yilda dunyo oziq-ovqat ta’minoti borasidagi noqulay tahlillardan xavotirda ekanini bildirdi. U bu haqda o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi.
“Dunyoda zahiralar ko‘pligini hisobga oladigan bo‘lsak, ocharchilik, bu inson huquqlarining qo‘pol buzilishidir. 2020 yil oxiriga kelib 130 million odam ochlikdan aziyat chekish xavfi ostida qolishi kutilayotgan bir vaqtda, Butunjahon oziq-ovqat ta’minoti dasturi (WFP), oziq-ovqat yetkazib berish, shuningdek umid bag‘ishlash borasida hayotiy muhim ahamiyat kasb etmoqda”, - deb yozdi Guterrish.
Noyabr oyi boshida Afrika va Yaqin Sharqning o‘ndan ortiq mamlakati ommaviy ocharchilik yoqasida turganligi haqida xabar qilindi. Bu haqda Bloomberg agentligi BMT ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand