Bog‘chalar 1 avgustdan bosqichma-bosqich ochiladi
- 20.06.2020 11:40
- 339
- O‘zbekiston

Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Koronavirusga qarshi kurash maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘i, xavfsizligi bo‘yicha barcha choralarni ta’minlash va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida, «yashil» va «sariq» hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) o‘z faoliyatini 2020 yil 1 avgustdan tiklashini ma’lum qiladi.
Ushbu jarayon Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga ko‘ra, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Davlat MTTlarining Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ilgari e’lon qilingan sana 15 iyundan emas, balki 1 avgustdan ochilayotganligiga sabab, MTT faoliyati tiklanganidan so‘ng uning tarbiyalanuvchilari va xodimlari xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash uchun qator choralarni ko‘rish bilan bog‘liq.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Investorlar Samarqandga intilmoqda
- 36 daqiqa avval
- Iqtisodiyot
Viloyat hokimiga yordamchi tayinlandi
- 1 soat avval
- Samarqand