Bojxonachilar ogohlantiradi: Pirotexnik vositalarning har qanday turini ishlatish taqiqlangan
Hurmatli fuqarolar!
Mamlakatimizda pirotexnikaning har qanday turi maishiy ishlatish uchun taqiqlangan. Ayniqsa, bu matoh favqulodda hodisalar, jumladan, yong‘in keltirib chiqarishi, odamlarga og‘ir jarohat yetkazishi mumkin.
Shuni aytish lozimki, yaqinlashayotgan qish mavsumida, qolaversa, yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik sodir bo‘ladigan ko‘plab noxushliklarning oldini oladi. Bunda huquq-tartibot idoralari xodimlari qatorida har bir ota-ona, mahalla-ko‘y, ta’lim muassasalari mutasaddilari birdek mas’ul.
Ta’kidlash joizki, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, mamlakatimizga olib kirish, tashish, saqlash va sotish taqiqlangan. Bunday harakatlar uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185(1)-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 250(1)-moddasida tegishli javobgarlik va jazo choralari belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, agarda atrofingizda yoki ko‘cha-kuyda pirotexnika savdosi bilan shug‘ullanayotganlar bo‘lsa, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining (66)233-63-00 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat etishingiz mumkin.
Hurmatli samarqandliklar, Sizning viloyat bojxona boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlaringiz javobsiz qoldirilmaydi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.