Bokschilarimiz Qozog‘istondagi musobaqada 14 ta medalni qo‘lga kiritdi
- 18.07.2022 15:36
- 66
- Sport
12-17 iyul kunlari Qozog‘istonning Kostanay shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida XXII xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari ishtirok etib, 14 ta medalga sazovor bo‘ldi. Olim Muhamedov boshchiligidagi yoshlarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘ldi:
Oltin medal:
-63,5 kg: Suhrob Aminov
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
Kumush medal:
-67 kg: Javohir Ummataliyev
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev
-75 kg: Alisher Ayubov
-80 kg: Rahmatillo Boymatov
-92 kg: Aynazar Kenesbayev
Bronza medal:
-48 kg: Miralijon Mavlonov
-57 kg: Abduvali Bo‘riboyev
-60 kg: Zabardast Hayotov
-63,5 kg: Husan Turdialiyev
-71 kg: Aman Konsbekov
-75 kg: To‘rabek Xabibullayev
+92 kg: Muhammadjon Fayzullayev.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa