Bolasiga yetarli tarbiya bermagan ota-onalar ma’muriy javobgarlikka tortiladi

Ota-onalar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi  101 ming 365 so‘mdan 608 ming 190 so‘mgacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanali xabar bermoqda.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa 608 ming 190 so‘mdan 1 mln 13 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.