«Bo‘rijar» kanalidan ayol jasadi topildi
- 13.02.2020 14:04
- 455
- Hodisa
Bugun, 13 fevral kuni soat 7.40da Toshkent shahar Chilonzor tumani, «Bo‘rijar» kanalida ayol murdasi topildi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, marhuma taxminan 45-50 yoshda bo‘lgan. Uning tanasidan zo‘ravonlik izlari topilmagan.
Hodisa joyiga Toshkent shahar Chilonzor IIB va tuman prokuraturasi vakillari yetib kelgan va tekshirish ishlarini olib bormoqda.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Teglar:
kanal
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Matonatli askar
- 54 daqiqa avval
- Mutolaa
Rasmiylar migrantlar uchun nima qila oladi?
- Bugun, 11:13
- Xorij