Bozorda go‘sht va sut narxining barqarorligini ta’minlash choralari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-4254, 28.03.2019 y.) qabul qilindi, deb xabar bermoqda huquqiy axborot kanali.

Qarorga muvofiq, chorva mollarini sug‘urtalash tartibi ishlab chiqiladi.

Samarqand veterinariya meditsina institutining Toshkent filiali tashkil etiladi.

Go‘sht va sut narxi barqarorligini ta’minlash maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan quyidagilar tashkil etiladi:

- qoramollarni bo‘rdoqiga boqishga ixtisoslashgan korxonalar;

- sut yo‘nalishidagi korxonalar.

Qaror bilan 2019-2021 yillarda chorva mollari soni, go‘sht va sut ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Mazkur ko‘rsatkichlarga muvofiq respublikada 2021 yilga kelib 13 ming 825 bosh chorva mollari, 3 mln 646 ming 300 tonna go‘sht hamda 11 mln 882 ming 500 tonna sut ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.