Bozorlar va savdo komplekslarida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning holati monitoring qilinadi
- 23.02.2024 11:18
- 95
- Iqtisodiyot
“Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” Samarqand viloyati hokimining qarori e’lon qilindi.
Unda bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar va boshqa to‘lovlar miqdori belgilangan.
Shuningdek, qarorda bu bo‘yicha tartiblar ko‘rsatilgan, daromadlarning belgilangan qismi mahalliy byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Yig‘imlar, ijara va to‘lovlar bo‘yicha sotuvchilarning to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlariga sharoit yaratilishi, ma’lumotlar barcha savdo majmualari va bozorlarda ko‘rinarli qilib joylashtirilishi belgilangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 3 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa