Braziliyada koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etayotgan ko‘ngilli vafot etdi

Braziliyada AstraZeneca va Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishda ishtirok etgayotgan ko‘ngilli vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti nashri Braziliyaning Anvisa salomatlikni nazorat qilish milliy agentligi taqdim etgan ma’lumotga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘lim sababi axloqiy va maxfiylik sabablarini inobatga olgan holda oshkor qilinmagan, shuningdek, ko‘ngilliga platsebo yoki vositaning o‘zi berilganligi haqidagi ma’lumotlar ham oshkor qilinmagan.
AstraZeneca kompaniyasi vaziyatga munosabat bildirishdan bosh tortdi va vaziyat yuzasidan rasmiy pozitsiyaga ega emasliklarini ma’lum qildi.
Shunga qaramasdan, Anvisa taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, vaksina sinovlari xavfsizligini baholash xalqaro qo‘mitasi tomonidan olib borilgan nazorat ishlari haqidagi ma’lumotlar qisman taqdim etilgan va qo‘mita sinovlarni davom ettirishni taklif qilgan.
Oksford univesiteti vaksina xavfsiz ekanini va sinovlar davom etishini ma’lum qildi. Universitet bayonotida mustaqil surishtiruv shunday xulosaga kelinganligi ta’kidlangan.