Brent savdo belgisi ostidagi neftning narxi 2001 yildan buyon birinchi martta 17 dollardan tushdi

Bunday holat 2001 yilning 19 noyabr sanasidan buyon kuzatilmagan edi. 22 aprel ertalabki soat 8:42 (Toshkent vaqti bilan) holatiga ko‘ra, ko‘rsatkichlar 12,62 foizga tushib ketgan va bir barrel neftning narxi 16,89 dollarni tashkil etgan.

Dushanba kuni WTI savdo belgisidagi neftning narxi tarixda ilk marta bir barrel uchun 37 dollargacha arzonlashdi.

COVID-19 pandemiyasi neft narxining rekord darajada tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, neft bozoridagi salbiy oqibatlarga OPEK+ davlatlarining kelisholmaganligi ham sabab bo‘ldi. Biroq oyning o‘rtalariga kelib kelishuvga erishildi. Bu holat bozordagi vaziyatni biroz barqarorlashtirdi. Ammo ko‘p o‘tmay narxlar yana pasayishni boshladi.

Koronavirus pandemiyasi va OPEK+ davlatlarining neft xomashyolari ko‘payib ketganligi sababli joriy yilda neft narxining rekord darajada pasayishi kutilmoqda.