"Bu — qimmatga tushadi": Ukrainaga chegarasi yaqiniga qo‘shin yuborilishi ortidan NATO — Rossiya o‘rtasida vaziyat jiddiylashmoqda
NATO Rossiyaning Ukrainaga nisbatan niyatini bilmasa-da, Moskva tomonidan ushbu davlatga qarshi harbiy kuch ishlatish ehtimoliga tayyor turmoqda.
Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg tashkilotga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining birinchi yig‘ilish yakunlarida ma’lum qildi. Yig‘ilish ishtirokchilari Ukrainaga tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar va siyosiy choralar joriy etishni muhokama qilishdi.
Yens Stoltenberg, NATO Bosh kotibi: "Rossiyaning mustaqil suveren davlat - Ukrainaga qarshi yana kuch ishlatishi qimmatga tushadi. Biz og‘ir iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy sanksiyalarni qo‘llashga qodirligimizni namoyish etdik".
Moskva esa Ukrainaga nisbatan har qanday agressiv rejalarni rad etmoqda. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning Ukrainaga harbiy infratuzilmasini kengaytirishi Rossiya uchun “qizil chiziq”qa aylanishi mumkinligini aytdi.
Vladimir Putin, Rossiya Prezidenti: "Ukraina hududida zarba komplekslari paydo bo‘lsa, Moskvagacha uchish vaqti yetti-o‘n daqiqa, agar gipertovushli qurollar joylashtirilsa - besh daqiqa kifoya bo‘ladi. Biz nima qilishimiz kerak? Bizga tahdid qilganlarga shunga o‘xshash nimadir yaratishimiz kerak bo‘ladi. Va biz buni hoziroq qila olamiz".
NATO Rossiya bilan munosabatlarda ikki tomonlama yondashuvga amal qilishda davom etayotganini ta’kidladi. U ham bo‘lsa tiymoq va muloqot. Bugun, 1 dekabr kuni shimoliy atlantika alyansi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Ukraina va Gruziya tashqi ishlar vazirlari bilan Qora dengiz mintaqasidagi vaziyatni ham muhokama qiladi.