Bu yil Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari qancha talaba qabul qiladi?
2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi shakli bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga quyidagi miqdorda talabalar o‘qishga qabul qilinadi.
Samarqand davlat universitetiga jami 2505 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi. Shundan universitetning Samarqand shahridagi asosiy oliy ta’lim muassasasiga 1320 nafar (440 ta davlat granti, 880 ta to‘lov-kontrakt asosida);
Muhandislik fizikasi institutiga – 160 nafar (45 ta davlat granti, 115 ta to‘lov-kontrakt);
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutiga – 225 nafar (75 ta davlat granti, 150 ta to‘lov-kontrakt);
Kattaqo‘rg‘on filialiga – 400 nafar (110 ta davlat granti, 290 ta to‘lov-kontrakt);
Urgut filialiga – 400 nafar (95 ta davlat granti, 350 ta to‘lov-kontrakt);
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika insitutiga – 1450 nafar (380 ta davlat granti, 1070 ta to‘lov-kontrakt) talaba o‘qishga qabul qilinadi.
Bu yil Samarqand davlat universitetida Muhandislik fizikasi instituti, Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti hamda Urgut filiali ochilmoqda.
Samarqand davlat chet tillar institutiga – 2025 nafar (490 ta davlat granti, 1535 ta to‘lov-kontrakt asosida) talaba qabul qilinadi. Shundan 150 ta kvota, ya’ni 75 tadan Narpay va Payariq xorijiy tillar fakultetiga ajratilgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu fakultetlar o‘tgan o‘quv yilida ochilgan.
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga – 1000 ta kvota (85 ta davlat granti, 915 ta to‘lov-kontrakt asosida);
Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga – 1395 ta kvota (535 ta davlat granti, 860 ta to‘lov-kontrakt asosida);
Samarqand davlat tibbiyot universitetiga – 1100 ta kvota (420 ta davlat granti, 680 ta to‘lov-kontrakt asosida);
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga – 1760 ta kvota (370 ta davlat granti, 1390 ta to‘lov-kontrakt asosida);
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga – 515 ta kvota (130 ta davlat granti, 385 ta to‘lov-kontrakt asosida);
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga – 350 ta kvota (82 ta davlat granti, 268 ta to‘lov-kontrakt asosida);
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga – 400 ta kvota (50 ta davlat granti, 350 ta to‘lov-kontrakt asosida);
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialiga – 600 ta kvota (170 ta davlat granti, 430 ta to‘lov-kontrakt asosida) ajratilgan.
Ushbu oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilidan yangi yo‘nalishlar ham ochilishi ko‘zda tutilmoqda. Masalan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi o‘quv yilidan oliy hamshiralik ishi yo‘nalishiga 25 kvota ajratilgan. Ushbu yo‘nalish o‘tgan o‘quv yilida yopilgandi. TDAU Samarqand filialiga bu yil dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi ochilmoqda, unga 25 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.