Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bu yilgi Zulfiya sovrindorlari nomi e’lon qilindi

«Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti                      Sh.Mirziyoyev

 

ZULFIYa NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANGANLAR

R O‘ Y X A T I

Karimboyeva Shahzoda Kamoladdin qizi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Orazbayeva Gulsanem Jalg‘asbay qizi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

Komilova Mehrinoz Oybekjon qizi - Andijon davlat tibbiyot institutining 2-bosqich magistranti

Radjiyeva Gulhayoxon Shuhratjon qizi - Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Salimova Amira Sunnatjon qizi - Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Umarqulova Dinora Sherali qizi - Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Imomova Dildora Shuhrat qizi - Jizzax politexnika institutining 4-bosqich talabasi

Mamarasulova Muqaddas Abdulqosim qizi - Jizzax davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Ahmatova Sitorabonu Zohidjon qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Berdiyeva Iroda Xudoyshukurovna - O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ibodullayeva Nafisa Muhitdinovna - Navoiy davlat pedagogika institutining tayanch doktoranti

Shomurotova Nodirabegim Odilovna - Navoiy viloyati Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Abdullayeva Manzura Nasibillo qizi - Namangan davlat universitetining 2-bosqich magistranti

Xushnazarova Oyshaxon Adhamjon qizi - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Xayrullayeva Feruza Nurmat qizi - «Respublika yosh ijodkorlar kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti matbuot kotibi (Samarqand viloyati)

Shomurodova Mohiniso Shavkat qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Sunnatova Madina G‘ofurjon qizi - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Hojiboboyeva Sarvinoz Habibjon qizi - Guliston davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Komiljonova Nilufar Shuhrat qizi - Termiz davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Omonova Umida Shuhrat qizi - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasi sportchi-o‘quvchisi (Surxondaryo viloyati)

Dehqonova Madinabonu Dilshod qizi - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Nazarova Zilola Ergashboy qizi - Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak rahbari

Yo‘ldosheva Farzona Baxtiyor qizi - Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Tursunova Dilnozaxon Isroiljon qizi - Farg‘ona politexnika institutining 4-bosqich talabasi

Jumaboyeva Shahzoda Ne’matjon qizi - Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi

Karimova Madina Jumanazarovna - Xorazm viloyati Urganch shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Kim Yuliya Olegovna - Respublika oliy sport mahorati maktabining figurali uchish bo‘yicha murabbiyi (Toshkent shahri)

Rahimova Sayyora Yashin qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent shahri)