Bugun Birlashgan Arab Amirliklaridan insonparvarlik yordami qabul qilindi

Bugun, 27 mart kuni 8 tonnadan ortiq gumanitar yordam maxsus reys bilan Toshkent aeroportiga olib kelindi.

Tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar, himoya kostyumlari va boshqa vositalar bizga COVID-19 hujumiga qarshi turishga yordam beradi.

"Birlashgan Arab Amirliklari hukumatiga pandemiyaga qarshi kurashda O‘zbekiston xalqiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik izhor etaman!

Biz bu og‘ir damlarda yolg‘iz emasligimizni bilishdan mamnunmiz va ayniqsa mamlakatingiz old qatorlarda koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan bir paytda bizni ham qo‘llab-quvvatlayotganingizni qadrlaymiz.

Sizga egilib ta’zim qilamiz, vatandoshlarimning duolari ushbu sinov paytida sizni va yaqinlaringizni himoya qilsin!", deb yozdi Otabek Umarov telegram kanalida.