Bugun yoqqan yomg‘ir, test jarayoniga ta’sir qilmadi(mi)?

Bugun Samarqanddagi 7 ta ochiq maydonda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari jarayoni boshlandi. Jumladan, shahardagi 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida ham abituriyentlar imtihondan o‘ta boshladi. Ular karantin talablari asosida hududga kiritlmoqda.
- Viloyatimizda ham test sinovlari jarayonlari boshlanib ketdi, - deydi Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar foaliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli bo‘lim boshlig‘i Botirali Sanaqulov. – Abituriyentarning xavfsizligini, jarayonlarda noqonuniy holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan. Shu paytga qadar hech qanday noqonuniy holatlar aniqlanmadi.
Kunning birinchi yarmida havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir tomchilagan bo‘lsa-da, test jarayoniga, abituriyentlarning kayfiyatiga salbiy ta’sir qilmadi.
- Ikkinchi marta test sinovari jarayonida ishtirok etyapman, - deydi abituriyent Dilbar Yodgorova. – Aslida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga onlayn tarzda hujjat topshirganman. Bugun yashash joyimizga yaqin bo‘lgan Samarqand shahrida test sinovlaridan o‘tishimiz ham katta bir qulaylik biz uchun. Savollar ham soddalashtirilgan, shuning uchun bo‘lsa kerak birinchilardan bo‘lib imtihondan chiqdim. Bugun ob-havo ham juda yoqimli bo‘ldi. Yog‘ib o‘tgan yomg‘ir noqulaylik tug‘dirmadi, kayfiyatimga salbiy ta’sir qilmadi.
Bu maydonda bir kunda 2 navbatda 1140 nafardan abituriyent tes topshirish imkoni mavjud. Test sinovlari boshqa maydonlarda ham ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.
To‘lqin SIDDIQOV,
Husan ELTOYeV.