Bugundan sirtqi ta’lim shakli uchun qabul boshlandi: Samarqand viloyatida sirtqi ta’limga qancha o‘quvchi qabul qilinadi?
Samarqand viloyatidagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi bugundan boshlab sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha abituriyentlarni qabul qilmoqda.
Mazkur o‘quv shakli uchun Samarqand davlat universiteti 900 nafar, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 330 nafar, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 140 nafar, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 50 nafar hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va "Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti 75 nafardan o‘quvchilarni qabul qiladi.
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 1 iyuldan 30 iyulga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kechki ta’lim shakli viloyatdagi ikkita oliy ta’lim muassasasida, ya’ni Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshiriladi. Bu ta’lim shakli uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.