Bulung‘urning olis qishlog‘i aholisi sayyor davlat xizmatlaridan foydalandi

Bulung‘ur tumanining qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududida joylashgan Xo‘jamazgil mahallasidagi Farmontepa qishlog‘ida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bugungi kunda qishloqda 130 xonadon mavjud bo‘lib, ularda 769 nafar aholi istiqomat qiladi. Sayyor tadbir davomida Bulung‘ur tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 22 xil davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi. Xonadonlardagi o‘rganishlar jarayonida fuqarolarning 50 dan ziyod muammolari aniqlanib, ularga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘lga qo‘yilayotgan bunday qulayliklar fuqarolarning ham vaqtini, ham mablag‘ini tejalishiga xizmat qiladi. 

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.