Bulung‘ur: 11 oyda 35,8 milliard so‘mlik 15 ta loyiha ishga tushirildi

Tumanning 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga ko‘ra, shu yilning 11 oyida 35,8 milliard so‘mlik 15 ta loyiha ishga tushirilib, 102 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Jumladan, "Hazrat bobo" fermer xo‘jaligi negizida umumiy qiymati 2,9 milliard so‘mlik tosh maydalash loyihasi ishga tushirildi. Natijada 10 ta, “Universal Maroqand plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan plastik quvurlar hamda sellofan paketlar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi natijasida esa 6 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida "Express trade xolding" MChJ tomonidan qiymati 6,3 milliard so‘mlik muzlatkichli omborxona barpo etildi va 6 ta yangi ish o‘rni yaratildi.