Bulung‘urda 1200 dollar evaziga farroshlikka joylab qo‘ymoqchi bo‘lgan poliklinika xodimi ushlandi

Bulung‘ur tumanida 1200 dollar evaziga farroshlikka joylab qo‘ymoqchi bo‘lgan poliklinika xodimi ushlandi.

Tuman tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimi 1200 AQSh dollar evaziga mahalliy fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga farroshlikka ishga kirishida yordam berishini aytib, dastlab undan 400 dollar oladi.

Oradan biroz muddat o‘tib, 800 dollarni olayotgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.