Bulung‘urda elektromobillarni zaryadlovchi ilk qurilma ish boshladi
- 12.08.2021 16:55
- 186
- Samarqand
O‘zbekistonda yildan-yilga elektromobillar soni ko‘payib, aholining bu turdagi mashinalarga qiziqishi ortib boryapti.
Mamlakatimizda ularni quvvatlantirish uchun 23 ta zaryadlovchi qurilmalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatgich bundan bir yil oldin atigi 3 ta edi. Yaqinda Bulung‘urda ham ana shunday bekat o‘z ishini boshladi.
Mazkur bekat M-39 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tuvchi qismida joylashgan. Bu esa Respublikamizning istalgan hududiga ketayotgan elektromobil haydovchilari uchun katta qulaylik yaratadi.
Ushbu uskuna 2 soat davomida avtomobillarni energiya bilan quvvatlaydi va bu avtomobilni 500 kilometr yo‘l bosishiga to‘liq yetadi. Ish boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmasa-da, mazkur bekatdan foydalanuvchilar soni anchaginani tashkil qilmoqda.
Abdulaziz Yo‘ldoshev.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa