Bundestagga bostirib kirib, a’zolarini hibsga olish rejalashtirilgan: Germaniyada davlat to‘ntarishida tayyorgarlik ko‘rganlardan o‘nlab qurol musodara qilindi
Bu haqda The New York Times tergovga yaqin manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatning 150 ta aholi punktini qamrab olgan reydlar chog‘ida 40 dona o‘qotar qurol topilgan. Politsiya, shuningdek, yashirin omborlarda hali topilmagan boshqa qurollar uchun minglab o‘q-dorilarni musodara qildi.
Bundan tashqari, politsiya 100 dan ortiq guruh rejalarini sir saqlashga qasamyod qilgan va ma’lumotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi kelishuvlarni topdi. Xususan, fitnachilar Bundestagga bostirib kirib, uning a’zolarini hibsga olishni, shuningdek, kanslerga suiqasd uyushtirishni rejalashtirishgan. Kontraktlarda shartnomani buzish o‘lim bilan jazolanishini ta’kidlangan.
Ma’lumki, ayni damda politsiya hukumatni to‘ntarishga qaratilgan fitna ishi bo‘yicha 23 nafar gumonlanuvchini hibsga olgan va yana 31 kishi ustidan tergov olib bormoqda.
Avvalroq Germaniya xavfsizlik kuchlari mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlarning Rossiya bilan aloqasi borligini tan olgan edi. Xususan, Leypsigda joylashgan Rossiya Bosh konsulligida rossiyalik diplomatlar bilan aloqada bo‘lganlikda va davlat to‘ntarishining asosiy tashabbuskori sifatida shahzoda Genrix XIII ayblanmoqda.