Byuro direktorining birinchi o‘rinbosari Camarqandda sayyor qabul o‘tkazadi
- 24.07.2019 10:53
- 237
- Samarqand
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari Kabirdjanov Xasan Murodovich Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazadi.
Joriy yilning 26 iyul kuni Byuroning Ishtixon tuman bo‘limi binosida o‘tkaziladigan sayyor qabulda Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etadi.
Tadbir davomida, aholi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi va maishiy chiqindi sohasida o‘zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Ma’lumot uchun, sayyor qabul soat 10:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hurmatli Pastdarg‘om tumani aholisi va aziz mehmonlari!
- 55 daqiqa avval
- Samarqand
So‘zni o‘ynatganga qoyil!
- 1 soat avval
- Mutolaa
Қизнинг бахти — отасининг соясида
- Kecha, 18:59
- Mutolaa