Samarqand viloyatining “yashil” va “sariq” hududlaridagi 46 ta  nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini boshladi

Jumladan, Samarqand shahridagi 31 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 22 tasi bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi.

Bugun karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda, sanitariya-gigiyena xavfsizligi me’yorlari yo‘riqnomasiga asosan Samarqand shahridagi “Samarqand Ko‘zmunchoq”, “Temur Fayz”, ”G‘aroyib Kamalak”, “Skazochnaya Strana”, “Kamalak ekonur”, “Shirin bolajon kelajagi”, “Asr integratsiyasi”, “Super sihat farm”, “Tri devyatov sarstva”, “Mitti yulduzcha saltanati”, “Registon yulduzlari”, “Oltin bolaligim”, “Umka en”, “Smaylik”, “Oltin bolalik davrim”, “Luntik”, “Kinder Grand”, “Sadik Vundurkidov”, “Kids Bebi”, “Kolokolchik”, “Sabina oltin bolalik davri”, “Sam intellekt IK” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib boryapti.

Samarqand shahridagi qolgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari esa navbati bilan karantin talablariga amal qilgan holda bolajonlarga xizmat ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, NTTlarda:

- maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;

- xodimlar tibbiy niqob va qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

- guruhlarda bolalar salomatligini ta’minlash maqsadida ijtimoiy masofani saqlash, xonalarni tez-tez shamollatish, o‘yinchoqlarni belgilangan vaqtda zararsizlantirish;

- tana harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.