Charter reyslar orqali Xitoydan kelgan yo‘lovchilar vaqtincha yashash markaziga joylashtiriladi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Xitoyning Pekin va Uxan shahriga charter reyslar amalga oshiriladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining buyrug‘i hamda tashkil etilgan Hukumat komissiyasining qaroriga binoan, Uzbekistan Airways joriy yilning 4-5 fevral kunlari quyidagi yo‘nalishlarda charter reyslarini amalga oshiradi.
Ma’lumotda, Pekinga boradigan ikki charter reysning biletlari o‘rtacha tarifdan past ekanligi oydinlashdi, koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahridan esa o‘zbekistonliklar Vatanga bepul qaytib kelishadi.
- Pekin-Toshkent (ikkita reys) - aviabiletlar o‘rtacha tarifdan past;
- Uxan-Toshkent (bitta reys) - to‘lovsiz parvoz.
Ushbu reyslarga chiptalarni sotib olish uchun siz O‘zbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining vakolatxonasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz kerak:
Elchixonaning konsullik bo‘limi:
Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471
Bobur Yahyoyev +86 135 1102 4242
Elchixona vakillari:
Nuriddin Ubaydullayev +86 139 10 85 7245
Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270
Shuhrat Umirov +86 139 1175 4476
Rustam Nazarov +86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040
Mansur Ibragimov +86 135 5220 7848
Sardor Sirojov +86 186 1812 9040
Avaz Kamalov +86 178 1070 2707
Uzbekistan Airwaysning vakolatxonasi:
Trobov Murod +86 184 0196 9633
Aleksey +86 186 0195 8683
Ma’lumot o‘rnida, ushbu reyslar Xitoyda koronavirus infeksiyasining avj olishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Har bir samolyotda tibbiyot xodimlari va virusologiya sohasidagi mutaxassislar, zamonaviy diagnostika asboblari, shaxsiy himoya vositalari va zarur tibbiy preparatlar bilan jihozlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda parvozlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
“Reyslar yo‘lovchilari yetib kelganidan keyin vaqtincha yashash markaziga yuboriladi. Shu munosabat bilan sizdan Toshkent shahridagi aeroportda yo‘lovchilar bilan uchrashmasligingizni so‘raymiz. Kelish vaqti keyinroq e’lon qilinadi. Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66”, deyiladi xabarda.