Chegaradan o‘tkazilayotgan zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar uchun “yashil yo‘lak”lar tashkil etiladi
- 24.03.2020 09:10
- 62
- Dolzarb
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga binoan:
2020 yil 24 mart soat 00.01 dan boshlab joriy qilingan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan Tartibning amal qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi istisno tariqasida bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar uchun “yashil yo‘lak”lar tashkil qiladi va ushbu tovarlarga nisbatan bojxona bojlari undirilmaydi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 52 daqiqa avval
- Dolzarb