Chelak shahrida xotinini o‘ldirgan erkak o‘z joniga qasd qildi. Uning yonidan xat chiqdi
- 24.02.2020 10:47
- 2304
- Hodisa
Samarqand viloyati Payariq tumani, Chelak shahri, Ko‘ktepa qishlog‘idagi raqamsiz uydan 22 fevral kuni 40 yoshli J.G. ismli erkak osilgan holda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, uning cho‘ntagidan 2020 yil 17 fevral kuni Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Kimyogar mahallasi, Sayilgoh ko‘chasidagi xonadonda turmush o‘rtog‘i, 1991 yilda tug‘ilgan N.G.ni qasddan o‘ldirib, ustidan qulflab ketganligi haqidagi xati chiqqan.
Xatdagi ma’lumotga asosan Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi, Sayilgoh ko‘chasidagi xonadon ko‘zdan kechirilganida N.G. ismli ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ayol bo‘g‘ib o‘ldirilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand