Dahbetda “gashish” giyohvandlik moddasini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20 aprel kuni soat 16:00 da Samarqand shahri IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 57 yoshli B.A. va 29 yoshli D.S. oldindan jinoiy til biriktirib, Samarqand shahri, Dahbed ko‘chasida 1,5 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 1.300.000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida ushlangan.
Ulardan giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi “b” bandi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘g‘zatilgan. B.A. va D.S.larga tegishli moddalar bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.