Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?
- 11.09.2020 16:55
- 179
- Hodisa
Janubiy Qozog‘iston hududi ustida joylashgan balandlikdagi siklon respublikamizning sharqiy tumanlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sinoptik vaziyat natijasida bugun Toshkent viloyatining ayrim joylariga qisqa muddatli yomg‘ir, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda momaqaldiroq bo‘lib yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga yomg‘irli va momaqaldiroqli ob-havo faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda saqlanib turadi. Respublikaning qolgan joylarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Yakshanba kuni mamlakatimiz hududi ustidagi janubi-g‘arbiy oqimlar ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishini belgilaydi.
Dam olish kunlarida harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me’yordan ozgina – 1-2 darajaga pastdir.