Daraxtga urilgan “Lasetti” yonib ketdi
- 25.07.2020 09:25
- 433
- Hodisa

Joriy yilning 24 iyul kuni soat 18:50 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani, Nukus ko‘chasida haydovchi - 1996 yilda tug‘ilgan S.M. “Lasetti” rusumli transport vositasida Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratuvchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib daraxtga urilgan va transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.
Oqibatda haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Teglar:
YTH
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Bugun, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat