Denovdagi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi. Portlashda bir nafar fuqaro halok bo‘lgan
- 07.12.2021 10:39
- 324
- Hodisa
Bugun, 7 dekabr kuni soat 03:57 da Denov tumanidagi "Indenim" savdo majmuasida gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq chaqnash yuzaga kelgani yuzasidan xabar berilgan edi.
Chaqnash oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in 28 daqiqa mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch-vositalari tomonidan o‘chirilgan.
FVV axborot xizmatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 daqiqa atrofida vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok bo‘lgan fuqaro aniqlangan.
Mazkur hodisa sabab va oqibatlarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi voqea joyida ish olib bormoqda.
Teglar:
portlash
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand