Diqqat e’lon! Ob-havo sharoitining o‘zgarganligi sababli sayyor qabul joyi o‘zgardi
- 24.05.2019 09:12
- 427
- Samarqand
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 03 may kunidagi tasdiqlangan jadvaliga asosan joriy yilning 24 may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadigan sayyor qabul joyi Pastdarg‘om tumani Juma shahri 32-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi etib belgilandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Noqulaylik uchun oldindan uzr so‘raymiz.
Eslatma: Mazkur sayyor qabullarda fuqarolarning bevosita ichki ishlar organlari faoliyatiga oid savollar va muammolari bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rganish belgilangan.
Teglar:
Sayyor qabul