Diyora Keldiyorova "Masters" turnirida Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun 900 reyting ochkoni qo‘lga kiritdi
- 13.12.2019 11:38
- 146
- Sport

Xitoyning Sindao shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha nufuzli "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirning birinchi kuni sportchilarimiz uchun omadli keldi. Ushbu turnirda -52 kilogramm vazn toifasida dzyudochimiz Diyora Keldiyorova bronza medali uchun kechgan bellashuvni g‘alaba bilan yakunladi.
Yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan samarqandlik Diyora Keldiyorova bronza medali uchun kechgan kurashda Rio Olimpiadasi sovrindori, rossiyalik Natalya Kuzyutinaga qarshi tatamiga chiqib, “ippon” bahosi evaziga g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Diyora bronza medali bilan birga, Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli 900 reyting ochkoni qo‘lga kiritdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
«Hamma narsa ham ko‘ringani kabi emas!»
- Kecha, 20:46
- Mutolaa
Jonsiz o‘rmon siri
- Kecha, 19:38
- O'qing, qiziq!
Ayol jinoyat sodir etdi. Nega?
- Kecha, 17:36
- Jinoyat va jazo