Dubay amirligi taxti vorisi O‘zbekistonda tuvaloq ovladi
Joriy yilning 13 oktyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Navoiy viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xabar berdi.
Shahzoda Hamdan ibn Muhammad lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahriga uchib keldi. U har yili Navoiy viloyatiga ov qilish maqsadida tashrif buyuradi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida 300 gektar yer maydonni egallagan “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” (AYTAM) joylashgan.
Qushlarni yovvoyi tabiatga uchirish mavsumi asosan sentyabr-oktyabr oylari hisoblanadi. 2012 yildan shu vaqtga qadar markaz tomonidan tabiatga 10 mingga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga uchirilgan.
Shahzoda Hamdan boshchiligidagi delegatsiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi va bu haqdagi videolavhani Tvitter sahifasiga joylashtirdi.