Dubay kompaniyalari O‘zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
- 16.05.2023 09:18
- 237
- Iqtisodiyot
Kecha Birlashgan Arab Amirliklarida Dubay savdo-sanoat palatasi (Dubay palatalari) rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Uning doirasida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakillari, O‘zbekistonning "Solar Nature" va Amirlikning "Imperial Energizing communities" kompaniyalari rahbariyati ishtirokida mazkur ikki kompaniya o‘rtasidagi Hamkorlik memorandumi imzolangan.
Mazkur hujjatga muvofiq, "Imperial Energizing communities" kompaniyasi O‘zbekistonning "Solar Nature" kompaniyasiga mamlakatimizda quyosh panellari ishlab chiqarilishini tashkil etish uchun ilg‘or texnologiyalar va “nou-xau”ni taqdim etadi.
Dubay savdo-sanoat palatasi rahbari Muhammad Ali Rashed Birlashgan Arab Amirliklarining strategik sherigi bo‘lgan O‘zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlagan.