Dunyo voqealari qisqa satrlarda: BMT Isroilni 1967 yil chegaralariga qaytishga chaqirdi. Rossiya mudofaa byudjetini misli ko‘rilmagan darajada oshirmoqda. Pandemiyadan so‘ng Xitoydan yuzlab milliard dollar chiqib ketgan
🔻 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroilni 1967 yildagi chegaralariga qaytishga, shuningdek, Suriyadan bosib olingan Golan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyusiya qabul qildi. Hujjatni 91 davlat, jumladan, Ozarbayjon, BMT Xavfsizlik kengashi davlatlari orasida Xitoy va Rossiya Federatsiyasi qo‘llab-quvvatlagan.
🔻 HAMAS harakati G‘azo sektorida Isroil bilan sulhni uzaytirish tarafdori va bunga erishish uchun barcha vositalarini ishga solmoqda. Bu haqda HAMAS vakili G‘ozi Hamad ma’lum qildi. Doxadagi muzokaralarda Isroil vakillari, agar Falastinning HAMAS radikal harakati tomonidan garovga olingan isroillik noharbiy ayollar va bolalar ozod etilsa, G‘azo sektoridagi harbiy harakatlardagi pauzani yana uch kunga uzaytirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
🔻 HAMAS amerikalik milliarder Ilon Maskni falastinliklarga qarshi jinoyatlar ko‘lamini ko‘rish uchun G‘azo sektoriga tashrif buyurishga taklif qilgan. 27 noyabr kuni Mask Isroilga kelgan edi. Netanyaxu uni oktyabrda HAMAS hujumiga uchragan janubiy aholi punktlariga olib borgan.
🔻 Rossiya prezidenti Vladimir Putin federal xarajatlarni sezilarli darajada, xususan, mudofaa xarajatlarini rekord darajada oshiruvchi 2024 yilgi Rossiya byudjetini imzoladi. Kelgusi yilda mamlakat xarajatlari 412,5 milliard dollarni, byudjet taqchilligi esa 9,5 milliard dollarni tashkil qilsa, mudofaa va huquqni muhofaza qilish sohalariga qariyb 157,5 milliard dollar sarflash rejalashtirilmoqda.
🔻 Finlandiya Rossiya bilan chegaraga nazoratni kuchaytirish uchun qo‘shimcha kuchlar yuboradi. Mamlakat hukumati 30 noyabrdan 13 dekabrgacha Rossiya bilan barcha quruqlikdagi chegara o‘tish joylarini butunlay yopishga qaror qilgan va kecha oxirgi o‘tkazish punkti yopilgan.
🔻 Qirg‘iziston Respublika bayrog‘i dizaynini o‘zgartirmoqda. Davlat parlamenti qo‘mitasi o‘zgartishni birinchi o‘qishda ma’qullagan. Bayroqdagi ramzda aks etgan to‘lqinsimon quyosh nurlari o‘rnini tig‘li shaklga ega nurlar egallaydi.
🔻 Yaqinda Italiyada uyg‘ongan etna vulqoni qor bilan qoplandi, ammo 4,5 kilometrga yetadigan lava chiqindilari tezlashmoqda. Xalqaro Katanii aeroporti o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
🔻 Koronavirus pandemiyasi tugaganidan beri ochiq chegaralardan foydalanib, boy xitoyliklar mamlakatdan yuzlab milliard dollar olib chiqa boshlashgan. Ular o‘z jamg‘armalariga xorijiy kvartira, aksiya va sug‘urta polislarini sotib olishgan. Ba’zi hollarda xitoyliklar chet elga pul o‘tkazish bo‘yicha hukumatning qat’iy nazoratini chetlab o‘tib, yashirincha oltin quymalarini olib chiqishgan.
🔻 Boltiqbo‘yi mamlakatlari (Estoniya, Litva, Latviya) tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot bilan chiqdilar. Unda vazirlar rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrovning Skope shahrida bo‘lib o‘tadigan YXHT yig‘ilishida ishtiroki tufayli qatnashishdan bosh tortdi.
🔻 AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi o‘nlab yillar davomida noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ)ni qidirib kelgan maxsus maxfiy bo‘lim mavjud. Markaziy razvedka boshqarmasida kelib chiqishi g‘ayritabiiy bo‘lgan kamida to‘qqizta ob’yekt bor, ulardan ikkitasi bus-butun.