Dunyodagi ba’zi xalqlarning hali ham qo‘llaniladigan shafqatsiz va g‘alati an’analari
Dunyodagi ko‘plab an’analar bir-biriga o‘xshab ketadi. Biroq hali ham shunday shafqatsiz udumlar borki, ularni ko‘rib yoki eshitib, kishining eti jimirlab ketadi.
Tishlarni bir oz egovlash - Bali
Baliliklar xurofotli xalq – ular qoziqtish (so‘yloqtish)larni yovuzlik belgisi va yovuz ruhlarni “o‘ziga jalb qiladigan” tishlar deb hisoblashadi. Shu sababli balog‘atga yetgan o‘smirlarning boshqa tishlariga qaraganda uzunroq old va yon tishlari shundoqqina egov bilan umumiy uzunlikda qisqartirib qo‘yiladi.
Bolalarning minora parvozi – G‘arbiy Hindiston
Kelajakda ular sog‘lom, badavlat bo‘lishi va hech qachon omad ulardan yuz o‘girmasligini niyat qilib ota-onalari o‘z qo‘llari bilan farzandlarini 15 metr balandlikdagi minoradan pastga tashlab yuborishadi. Aytgancha, pastda ularni cho‘zilgan choyshablar kutib oladi, shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu yerda omad ota-onalar tomonida bo‘lishi kerak, aks holda natijasini tasavvur qilishning o‘zi ham qo‘rqinchli.
Balandroq minoralar - Melaneziya
Melaneziyaliklar voyaga yetgan o‘g‘il bolalari uchun yanada murakkab marosimni o‘ylab topishdi: oyog‘i bog‘langan holda boshi yoki yelkasi yerga tegishi uchun erkak 25 metrlik minoradan sakrashi kerak. Tasavvur qildingizmi? Afsonalarda aytilishicha, faqat shu tarzda erkak butun umri davomida sog‘lom bo‘lar ekan!
Bu sog‘lom aqlga zid – yovvoyi paradoksga o‘xshaydi, shu sabablidir, mahalliy erkaklarning bunday “salomatlik sakrashi”dan oldin har ehtimolga qarshi vasiyatnomalar yozib, tugatilmagan ishlarini tugatib qo‘yishlari hech kimni hayratlantirmaydi.
Ochofatlik orqali to‘yga tayyorgarlik - Mavritaniya
Mavritaniyaliklar zamonaviy tana pozitivligining muxlislari: ular ortiqcha vaznli ayollarni go‘zal deb bilishadi. Agar qiz bola to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, unga majburlab yaxshi ovqatlar berib, parvarishlanadi, shu tarzda u kuniga 16 000 kilokaloriyani o‘zlashtirishga majbur bo‘ladi. Taqqoslash uchun, olimpiya atletikachisi kuniga 6000-8000 kKalga teng ovqat iste’mol qiladi.
Lotos oyoqchalar – Xitoy
Bu vahshiylik amaliyoti eskirib borayotgan bo‘lsa-da, afsuski, u hali ham mamlakatning chekka hududlari va qishloqlarida uchraydi. Bu yerda katta oyoqli ayollar xunuk hisoblanadi, u bechorani hech kim xotinlikka olmaydi. Shuning uchun 4-5 yoshidan boshlab qizlarning oyoqlari judda qattiq bog‘lanadi va 15-16 yoshga kelib, oyoqlarning shakli shunchalik o‘zgaradiki, hatto 32-o‘lchamga ham yetib bormaydi. 10 santimetrdan oshmaydigan “nilufar oyoqchalar”! Shu bilan birga, bunday oyoqlarga poyabzal tayyorlaydigan hunarmandchilik ham yashab kelmoqda.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.