Dunyodagi eng g‘alati kasblar

Ha, dunyoda kishilarni e’tiborini jalb etadigan, qiziqtiradigan kasblar ko‘p. Bu kasblarning ayrimlari haqida avvalroq yozgan edik. Bugungi maqolamizda yanada g‘alatiroq kasblar haqida so‘z yuritamiz.

Zaharli ilonlar sog‘uvchisi

Ilon zahri odamlar va hayvonlar uchun juda xavfli bo‘lishi bilan birga undan ko‘pgina kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Ilonlar zahri antidotlar ishlab chiqish va o‘smalarni davolash uchun ishlatiladi. Ilon sog‘uvchilari idish ustiga ingichka membranani cho‘zib, sudralib yuruvchini tishlashga majbur qiladi, ularning zaharli bezlarini bosib idishda zahar to‘playdi.

Ilon yonoqlarini elektr toki bilan yengil "qitiqlash" orqali zahar olishning yana bir usuli bor. Kasb o‘ta xavfli, ammo ilon sog‘uvchi juda yaxshi maosh oladi.

Tuxum sindiruvchi

Tuxum sarig‘ini oqidan ajratish zarurati bo‘lgan juda g‘alati kasb. Ha, ha, bir qarashda bu oddiygina ishga hali mashinasozlik sanoatining kuchi yetmaydi - faqat odam tuxumni to‘g‘ri va samarali ravishda sindirib, sarig‘ini oqdan ajratishi mumkin.

Miya sug‘urib oluvchi

Ushbu noyob kasb psixiatriya bilan bog‘liq emas. Bu kasb egasi kushxonada ishlaydi va ehtiyotkorlik bilan hozirgina so‘yilgan hayvonning miyasini chiqarib oladi. Keyinchalik bu miyalar shikastlanmasdan maxsus restoranlarga yetkazib beriladi.

Kokoslar xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

Virgin orollari kabi turizm manzillarini xavfsiz qilish uchun biroz harakat talab qilinadi. Qanday qilib, deysizmi? Misol uchun, kokos daraxtining pishgan yong‘oqlarini vaqtida urib tushirish orqali. Shunda ular bexosdan palma daraxtining soyasida dam olishga qaror qilgan sayyohlarning boshiga tushib ketmaydi.

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis mehmonxonalar va xususiy mulklarni aylanib chiqib, xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan barcha kokos shoxlarini «urib» chiqadi.

Qurt terimchilari

Ular konchilar dubulg‘asini kiyib, tirsaklariga chiroqlar va qutilar bog‘lagan holda tunda ovga chiqishadi. Qurtlar bilan to‘lib-toshgan nam joylarni topib olib, qutilarni burishib turgan hayvonlar bilan to‘ldiradi. Sifatli qurtlarning bir qutisiga 18 dollar haq to‘lanadi.

Ish g‘alati, hatto ba’zi hollarda juda xavflidir. "Qurt kolleksionerlari" bo‘sh idishlarni yig‘ib yuradigan boshpanasizlar singari, yana boshqa shunday guruh, ya’ni raqiblari bilan o‘zaro kurashib kelishadi.

Professional uyquchi

Oramizda ishda uxlaydigan va xo‘jayin tomonidan qo‘lga olinib, norozi ishsizlar armiyasiga qo‘shiladigan odamlar topiladi. Dunyoda ish joyida uxlash uchun yaxshi pul to‘lanadigan kasblar ham bor ekan. Bu xodimlar ilmiy maqsadlar tartibida institusional uyqu tadqiqotlarida qatnashadi.

Nyu-Yorkdagi Yangi zamonaviy san’at muzeyida esa tong otishi bilan uyqu dorilarini ichib olib, kun bo‘yi ko‘rgazma sifatida yopinchiq ostida uxlaydigan yosh ayollar uchun to‘liq shtatli lavozimlar joriy etilgan. Ushbu rasmda "Bu Keyt" deb nomlangan san’at asari taqdim etilgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.