Baxtni pulga sotib olish mumkinmi?
Olimlar qadimiy aqidani tekshirib ko‘rishga ahd qildi.
Goh-gohida odamlarning “Baxt pulda emas” deganini eshitamiz, ba’zilari esa “To‘g‘ri, pulda emas, pullarning ko‘pligida” deb hazil qilishadi. Boshqa jiddiyroqlari esa “Baxtni pulga sotib olib bo‘lmaydi” deya uqtirib kelishadi.
Mashhur bu gap albatta baxtni pulga sotib olib bo‘lmasligi haqida gapiradi. “Ehtimol, bu biror bir kambag‘al yoki o‘rta sinf kishi tomonidan aytilgan da’vodir”, - deya, hamma narsaga shubha qilishga odatlangan olimlar bu bayonotni sinab ko‘rishga qaror qilishdi.
Har holda, endi ushbu tanish iboraga javob topildi.
Masala ustida Pensilvaniya universiteti tadqiqotchisi Metyu Killingsvort ish olib bordi. Muallif ish natijalarini shaxsan o‘zi e’lon qilishidan oldin preprint (ilmiy almashinuvni tezlashtirish maqsadida mualliflar tomonidan saytlarda ochiq joylashtiriladigan tadqiqot ish)da nashr etgan.
Shunday qilib, olim uch guruh vakillari qiyosiy tahlilini qilishga kirishdi.
Bular daromadi 10 000 dollar bo‘lgan, shuningdek, boyligi millionlab dollarlarga teng bo‘lgan juda badavlat kishilar edi.
Natijada tadqiqotchi Ilon Maskni eng baxtli inson deb atash mumkin, degan xulosaga keldi.
Killingsvortning yozishicha, inson moliyaviy zinapoyaga qanchalik baland ko‘tarilsa, u baxtga shunchalik yaqinlashgan bo‘lar ekan.
Baxtning ko‘rsatkichi moddiy ne’matlar miqdori bilan emas, balki ular beradigan ishonch bilan belgilanadi, - deydi olim.
Boy odamlar o‘z hayotlarini nazorat qilishlari va o‘zlari xohlagan erkinlikka erishishlari mumkin, - qo‘shimcha qiladi Metyu Killingsvort.
Ammo shunisi ham borki, boylik oshgani sari ayrimlarda xotirjamlik kamayishi kuzatiladi. Usiz esa inson o‘zini baxtli his eta olmaydi.