Braziliyaning poytaxti Braziliya shahrimi yoki Rio-de-Janeyro?
Ayrim mamlakatlarning ba’zi shaharlari dunyoda shu qadar mashhurki, odamlar ko‘pincha ularni o‘sha davlatning poytaxti deb o‘ylashadi. Biz bu afsonalarni yo‘qqa chiqaramiz, shunda siz sayohat qilishni boshlaganingizda chalkashmaysiz.
Bern - Syurix
Shveysariya 26 kanton (Shveysariya tarkibiga kiradigan har bir o‘lka)dan iborat konfederatsiya bo‘lib, ularning aksariyati 1848 yilgacha to‘liq suveren edi. Hozirgi kunda har bir kantonning o‘z poytaxti, hukumati va konstitutsiyasi mavjud. Syurix Shveysariyaning eng katta va eng boy shahri bo‘lsa-da, u poytaxt emas, aslida ushbu vazifa Bernga topshirilgan.
Braziliya - Rio-de-Janeyro
Rio YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani ajablanarli emas, chunki uning hayratlanarli mashhurligi, maftunkor madaniyati, plyajlari, fantastik karnavallari bor. Lekin u Braziliyaning poytaxti emas. Aslida hozirgi kunda juda futuristik joy, cho‘lning o‘rtasida qurilgan Braziliya shahri mamlakat poytaxtidir.
Kanberra - Sidney
Sidney va Melburn har doim Avstraliyaning yetakchi shahri bo‘lish uchun raqobatlashib kelgan, biroq 1908 yilda ikki shahar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibat yaxshi kelishuvga olib keldi va Kanberra Avstraliyaning poytaxtiga aylandi. Shunga qaramay, Melburn 1927 yilgacha Avstraliyaning poytaxti bo‘lib “ishladi”, shundan so‘ng federal parlament Kanberraga ko‘chib o‘tdi.
Ottava - Toronto
XXI asr Kanadaning ikkita ajoyib va madaniy gavjum shaharlari o‘rtasidagi kuchli raqobatning guvohi bo‘ldi. Bu juda ham hayratlanarli, lekin Kanadaning poytaxti, odatda ishonilganidek, Toronto emas, balki Ottava shahridir. XIX asr o‘rtalarida uchta shahar - Toronto, Monreal va Kvebek birlashgan Kanada viloyatining vaqtinchalik poytaxtlari bo‘lgan edi. Ammo 1857 yilning 31 dekabrida hamma narsa o‘zgardi, o‘shanda strategik sabablar qirolicha Viktoriyani kichikroq shaharni tanlashiga majbur qildi, shunda tanlov Ottavada tomoniga o‘tdi.
Vellington - Oklend
Vellington 1865 yildan beri Yangi Zelandiyaning poytaxti bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uni haqiqatan ham mamlakatning eng katta va gavjum mintaqasi bo‘lgan Oklenddan keyin ikkinchi darajali va oddiygina go‘zal shahar deb xato qiladi.
Odamlar hozir ham Anqara va Istanbul, Rabot va Marrokesh, Yangi Dehli va Mumbay, Pretoriya va Yoxannesburg (yoki Keyptaun), Tel-Aviv va Quddusni adashtirishadi. Ba’zilar hatto Buxarest (Ruminiya poytaxti) va Budapesht (Vengriya poytaxti)ni alohida mamlakatlar deb biladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.